Bishkek, Olmaota va Dushanbeda elektr energiyasida katta uzilishlar qayd etildi

14-avgust kuni soat 15:00 dan boshlab Bishkekning turli hududlari aholisi elektr energiyasi o‘chishi va uzilishlar yuz berayotgani haqida xabar bera boshladi. Muammolar shaharning markaziy qismlari, “Alamedin-1” mavzesi, Asia Mall savdo markazi atrofi, Energetiklar shaharchasi hamda boshqa qator hududlarda kuzatilgan. Elektr ta’minotidagi uzilishlar Issiqko‘l viloyatining ayrim hududlarida ham qayd etilgan. Qirg‘iziston Milliy elektr tarmoqlari kompaniyasi hodisa sabablari yuzasidan keyinroq rasmiy izoh berishini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, Qozog‘istonda ham elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. “Alatau Jaryq Kompaniyasy” ma’lumotiga ko‘ra, 14-avgust kuni soat 14:38 da L-5400, L-5300 va L-5320 yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida avariyaviy uzilish sodir bo‘lgan. Natijada avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimi ishga tushib, Olmaota shahri va Olmaota viloyatidagi iste’molchilarning bir qismi elektr energiyasiz qolgan. O‘chirilgan yuklama hajmi 300 MVtni tashkil etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, elektr uzilishi Olmaotaning to‘rtta tumani va Olmaota viloyatining o‘nta tumaniga ta’sir ko‘rsatgan. Mutaxassislar elektr ta’minotini tiklash ishlarini boshlagan.
Tojikiston poytaxti Dushanbe va mamlakatning ayrim hududlarida ham elektr energiyasi o‘chganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, ayrim hududlarda elektr ta’minoti ogohlantirishsiz to‘xtatilgan.
Bu mintaqada kuzatilayotgan ilk yirik uzilish emas. Joriy yilning 17-iyul kuni ham Bishkek va Chuy viloyatining bir qismi qariyb bir yarim soat davomida elektr energiyasisiz qolgan edi. O‘shanda bunga yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridagi avariya sabab bo‘lgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, 2022-yil yanvar oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning ayrim hududlarini qamrab olgan yirik energotizim nosozligi tufayli millionlab iste’molchilar vaqtincha elektr ta’minotisiz qolgan edi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
