Qirg‘iziston O‘zbekistondan keltirilgan 28 tonna sabzavotni qabul qilmadi

Qirg‘izistonning “Qizil-Qiya avtoyo‘li” fitosanitariya nazorat postida O‘zbekistondan olib kelingan sabzavotlar partiyasini mamlakat hududiga kiritishga ruxsat berilmadi. Bu haqda Qirg‘iziston Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi ma’lum qildi.
Tekshiruv davomida inspektorlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining karantin va fitosanitariya talablariga zid holatni aniqladi. Mahsulot qadoqlarida majburiy markirovka mavjud bo‘lmagan. Gap quyidagi mahsulotlar haqida bormoqda:
- 23 tonna piyoz;
- 5 tonna sabzi.
Vazirlik eslatishicha, karantin ostidagi mahsulotlarni markirovkasiz olib kirish YOIIning yagona fitosanitariya talablarini buzish hisoblanadi. Shu sababli yuk jo‘natuvchi tomonga qaytarilgan.
Bu Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida qayd etilgan ilk shunday holat emas. Joriy yil may oyida ham aynan “Qizil-Qiya” fitosanitariya postida O‘zbekistondan olib kelingan 24,7 tonna piyoz qadoqlarida majburiy markirovka bo‘lmagani sabab mamlakat hududiga kiritilmagan edi.
Avgust oyida esa Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida O‘zbekistondan olib kelingan yana bir 24,9 tonna piyoz partiyasi xuddi shu sabab bilan ortga qaytarilgan. Respublika rasmiylari import qilinayotgan mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuchaytirilgan davlat fitosanitariya nazoratini davom ettirayotganini bildirgan.
Fitosanitariya markirovkasi mahsulotning kelib chiqishini aniqlash, ishlab chiqaruvchini identifikatsiya qilish hamda o‘simliklar karantini bo‘yicha talablar bajarilishini nazorat qilish imkonini beradi. Bunday markirovkaning mavjud emasligi YOIIning a’zo davlatlari hududiga karantin ostidagi yuklarni olib kirishni taqiqlash uchun asos hisoblanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
