Kredit reklamalarida moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish majburiy bo‘ladi

Oliy Majlis Senati 7-avgust kuni kreditlar, mikrokreditlar va boshqa moliyaviy xizmatlar reklamasi uchun yangi talablarni nazarda tutuvchi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi.
O‘zgartirishlar aholining kreditlash faolligi ortib borayotgani bilan izohlanmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil boshida tijorat banklaridan mikrokredit olgan fuqarolar soni qariyb 2,7 million kishiga yetgan. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida 37 foizga oshgan. Shuningdek, bir qarz oluvchiga to‘g‘ri keladigan mikrokredit shartnomalarining o‘rtacha soni 1,7 tadan 1,9 tagacha ko‘paygan.
Yangi talablarga muvofiq, kredit va mikrokredit reklamalarida qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkinligi haqida majburiy ogohlantirish bo‘lishi shart.
Bunda ogohlantirish quyidagi hajmdan kam bo‘lmasligi kerak:
- reklama maydonining kamida 10 foizi;
- audio va videoreklamalarda reklama davomiyligining kamida 10 foizi.
O‘zgartirishlar sug‘urta sohasiga ham taalluqli. Ijtimoiy axborot sifatida:
- aholining sug‘urta savodxonligini oshirishga qaratilgan materiallar;
- tadbirkorlarning sug‘urta xizmatlari haqidagi xabardorligini kengaytiruvchi materiallar
e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Tashqi reklama sohasida talablar bajarilishini nazorat qilish uchun sitibordlar, bilbordlar va yirik formatli reklama konstruksiyalari bo‘yicha mavjud standartlardan foydalaniladi. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi esa sun’iy intellekt asosida onlayn reklama monitoringi tizimini ishlab chiqmoqda.
Mazkur tizim yordamida majburiy ogohlantirishlar umuman mavjud bo‘lmagan yoki qonun talablariga zid ravishda joylashtirilgan reklamalarni avtomatik tarzda aniqlash imkoniyati yaratiladi. Yangi monitoring tizimini 2027-yil 1-yanvardan ishga tushirish rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
