Toshkentda 3 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi navbatdagi tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.
3-avgust kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan operatsiya davomida kuzatuv ostida bo‘lgan fuqaro boshqaruvidagi avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida bolalar sharbati qutisi ichidan umumiy og‘irligi qariyb 11 gramm bo‘lgan 20 o‘ram giyohvandlik vositalari topildi.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilib, Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari vakillari bilan hamkorlikda gumonlanuvchining yashash manzili ko‘zdan kechirildi. Natijada xonadondan geroin, mefedron, marixuana hamda boshqa turdagi an’anaviy va sintetik giyohvandlik vositalari topildi. Musodara qilingan narkotik moddalarning umumiy og‘irligi 3,15 kilogrammni tashkil etgan.
Keyingi tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu giyohvandlik vositalarining asl egasi sifatida gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi ham qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
