O‘zbekistonda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

12-avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida shamol kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi. Prognozga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 metr soniyagacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Toshkent shahrida ham shamol tezligi 10–12 metr soniyagacha kuchayishi kutilmoqda. Poytaxtning ayrim hududlarida chang-to‘zon yuz berishi ehtimoli bor.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etildi. Kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan foydalanishdan oldin ularning holatini tekshirish zarur. Avtomobillarni daraxtlar, reklama konstruksiyalari va boshqa mustahkam bo‘lmagan inshootlar ostida qoldirmaslik tavsiya etiladi.
FVV tavsiyalariga ko‘ra, uy-joylarda eshik va derazalarni mahkam yopish, elektr va gaz uskunalarini o‘chirib qo‘yish, balkon va deraza tokchalaridagi buyumlarni xavfsiz joyga olish kerak. Shamol kuchaygan paytda daraxtlar, elektr ustunlari va havo elektr uzatish tarmoqlari yaqinida turmaslik lozim. Zarurat tug‘ilganda mustahkam binolar, yerosti yo‘laklari yoki boshqa xavfsiz joylarda boshpana topish tavsiya etiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
