Parkentda xalqaro “Uzum sayli” festivali boʻlib oʻtadi

Turizm qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 21-22-avgust kunlari Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” festivali tashkil etiladi.
Tadbirning asosiy maqsadlari sayyohlar oqimini ko‘paytirish, uzumchilik va vinochilik sohasida tajriba almashish, ekoturizm mahsulotlarini xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish hamda mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb etishdan iborat. Festivalda mamlakatning barcha hududlaridan fermer xo‘jaliklari, enoturizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, shuningdek turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar qatnashadi.
Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, vinochilik sanoatining xalqaro brendlari ko‘rgazmalari, uzumchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar va forumlar o‘tkaziladi. Festivalning madaniy dasturidan milliy folklor jamoalari va estrada xonandalarining chiqishlari, shuningdek xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi keng ko‘lamli tadbirlar o‘rin oladi.
Tashkilotchilar xalqaro “Uzum sayli” festivaliga turizm sohasi vakillari, mahalliy va xorijiy mehmonlar, sayyohlar hamda barcha qiziquvchilarni taklif qilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
