O‘zbekistonda yaqin qarindoshlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonun loyihasi bilan oila a’zolari va yaqin qarindoshlarni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasi bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish taklif etilmoqda.
Xususan, er-xotinlar, ota-onalar va farzandlar, bobo-buvilar va nabiralar, shuningdek aka-uka hamda opa-singillar bir-birining uyida yashash maydoni belgilangan me’yorlarga mos kelmasa ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Bu bir manzilda yaqin qarindoshlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ancha yengillashtiradi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Uy-joy kodeksining 42-moddasi asosida bir kishi uchun minimal ijtimoiy uy-joy normasi 16 kvadrat metrni tashkil etadi. Nogironlar aravachasida harakatlanuvchi shaxslar uchun esa bu ko‘rsatkich 23 kvadrat metr etib belgilangan.
Qonun loyihasida talabalar uchun ham alohida tartib nazarda tutilgan. Talabalar turar joylarida yashovchi talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda uy maydonining ijtimoiy normasi qo‘llanilmaydi. Deputatlarning qayd etishicha, ipoteka krediti yoki subsidiya asosida uy-joy sotib olgan ko‘plab fuqarolar bugungi kunda o‘z uyida ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Natijada bolalarni maktab yoki bog‘chaga joylashtirish, poliklinikaga biriktirish, pensiya va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda muammolar yuzaga kelmoqda.
Loyiha, shuningdek, uy-joy garovda bo‘lsa, xatlangan yoki taqiq qo‘yilgan bo‘lsa ham, mulkdor va uning yaqin qarindoshlarini ushbu manzilda ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berishni nazarda tutadi. Buning uchun bank, sud, Majburiy ijro byurosi yoki boshqa vakolatli organlarning roziligi talab etilmaydi.
Shu bilan birga, kreditorlar va davlat organlarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uning oldindan yozma roziligi institutini joriy etish taklif qilinmoqda. Mazkur mexanizmga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazish keyinchalik garov oluvchi yoki taqiq yoxud xatlov qo‘ygan vakolatli organning murojaati asosida bekor qilinishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
