Ronaldu muxlislari mish-mishlar tufayli ing to‘yiga bordi

8-avgust kuni Portugaliyaning Madeyra orolidagi Funshal shahrida minglab Krishtianu Ronaldu muxlislari mashhur futbolchi Jorjina Rodriges bilan turmush qurayotgani haqidagi mish-mishlarga ishonib, shahar markazidagi Se sobori oldiga to‘plandi.
Ronalduning oilasi to‘y haqidagi ma’lumotlarni oldindan rad etganiga qaramay, yuzlab odamlar, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra esa qariyb ikki ming muxlis marosimni ko‘rish umidida sobor oldiga keldi. Biroq tez orada marosimning futbolchiga hech qanday aloqasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Kelin Nikol ismli ayol, kuyov esa Fabio ismli erkak bo‘lib chiqdi. Aynan ular o‘sha kuni soborda nikohdan o‘tgan.
Sobor ma’muriyati ham holatni tasdiqlab, ijtimoiy tarmoqlarda Nikol va Fabioni tabrikladi. Ularning ta’kidlashicha, ko‘plab jurnalistlar va sayyohlar sabab cherkovni yopib, marosimni odatdagi tartibda o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Sobor vakillari bunday holatni ilgari hech ko‘rmaganini ma’lum qildi. Ularning aytishicha, odamlar soni juda ko‘p bo‘lgani sababli kelinning cherkovga kirishi ham ancha qiyin kechgan.
To‘y mehmonlarining ayrimlari vaziyatni hazil bilan qabul qilgan. Ulardan biri mahalliy OAVga bergan izohida o‘zlarini mashhur odamlar kabi his qilganini aytgan. Shu bilan birga, u Ronalduning to‘yi kuchli xavfsizlik choralari bo‘lmasdan o‘tishiga odamlar qanday ishonib qolganidan hayratda ekanini bildirgan. Krishtianu Ronalduning o‘zi ham hodisaga munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlardan biri ostida kulayotgan emojilar qoldirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘y haqidagi mish-mishlar tabloid nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi postlar sabab keng tarqalgan. Ronaldu va Jorjina Rodriges 2025-yilda unashtirilgan, biroq ularning to‘y sanasi hozircha rasman e’lon qilinmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
