Yangiliklar/Jamiyat

Samarqand viloyatida yuk mashinasidagi yongʻin oqibatida haydovchi halok boʻldi

Jamiyat 7 avgust, 12:01
Samarqand viloyatida yuk mashinasidagi yongʻin oqibatida haydovchi halok boʻldi

6-avgust kuni soat 16:00 atrofida A-378 Samarqand-Qashqadaryo avtomobil yoʻlining 35-kilometrida yuk mashinasi ishtirokida halokatli hodisa yuz berdi.

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, MAN rusumli yuk avtomobilining kabinasida kutilmaganda yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi transport vositasini to‘xtatishga harakat qilgan, biroq boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Shundan so‘ng yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, hodisaning barcha holatlari aniqlanmoqda.

2220

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→