Yangiliklar/Texnologiya

O‘zbekistonda «Shunqor-88» dron tutib oluvchi qurilmasi yaratildi

Texnologiya 7 avgust, 17:45
O‘zbekistonda «Shunqor-88» dron tutib oluvchi qurilmasi yaratildi

O‘zbekistonlik yosh mutaxassislar «Shunqor-88» nomli dron tutib oluvchi qurilmani ishlab chiqdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha mualliflari Ismoil Bilolxonov va uning jamoasi bo‘lib, ishlanma «Kelajak muhandislari» tanlovi doirasida taqdim etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Shunqor-88» xavfli uchuvchisiz uchish apparatlarini aniqlash va zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan. Qurilma soatiga 450 kilometr tezlikka chiqishi hamda 8-10 kilometr masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, loyiha havo hujumidan mudofaa vositalariga nisbatan ancha tejamkor yechim bo‘lishi mumkin.

Masalan, odatiy zenit raketalarining narxi 2-5 million dollarni tashkil etsa, «Shunqor-88» dronini ishlab chiqarish xarajati atigi 20-50 ming dollar atrofida baholanmoqda.

9120

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→