Oʻzbekiston 2030-yilga borib sun’iy intellektga tayyorlik boʻyicha dunyoning eng yaxshi 50 davlati qatoriga kirish niyatida
Siyosat 7 avgust, 17:30

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Asosiy reja va ko‘rsatkichlar:
- O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha xalqaro reytingda 25 pog‘onaga ko‘tarilib, 62-o‘rinni egalladi.
- 2030-yilga qadar mamlakatni ushbu yo‘nalishda dunyoning eng ilg‘or 50 davlati qatoriga kiritish maqsad qilingan.
- Sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
- Mamlakatda sun’iy intellektdan foydalangan holda 200 dan ortiq yangi loyiha amalga oshiriladi.
- “Raqamli hukumat” data-markazida NVIDIA texnologiyalari asosidagi superkompyuter ishga tushirildi.
- U hisoblash quvvati bo‘yicha jahon reytingida 321-o‘rinni egalladi.
- Ishga tushirilganidan keyingi bir oy ichida klaster yuklamasi 90 foizga yetdi.
- Zamonaviy hisoblash infratuzilmasini yaratishga bugungacha 24 mln dollar yo‘naltirilgan.
- Mavjud klasterni kengaytirish uchun qo‘shimcha 70 mln dollar ajratish taklif qilinmoqda.
- Qoraqalpog‘istonda xorijiy investorlar bilan hamkorlikda yangi data-markazlar qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.
- Davlat idoralariga mavjud ma’lumotlar bazalarini xatlovdan o‘tkazish, ularning to‘liqligi, ishonchliligi va o‘zaro mosligini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
- 2026-yil yakuniga qadar iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda sun’iy intellekt asosidagi loyihalar soni 100 tadan oshiriladi.
- Sun’iy intellekt yechimlari sog‘liqni saqlash, energetika, transport, bojxona, huquqiy xizmatlar, jamoat xavfsizligi, ekologiya va geologiya sohalarida joriy etiladi.
- IT Park rezidentlari, startaplar va 20 dan ortiq sun’iy intellekt laboratoriyalari bilan hamkorlik kengaytiriladi.
- Sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan rezidentlar soni 300 taga yetkaziladi.
- Ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi 2 trln so‘mga yetishi kutilmoqda.
- Eksport hajmi 160 mln dollarga oshiriladi.
- Hozirgacha 1,5 mln nafardan ortiq foydalanuvchi sun’iy intellekt bo‘yicha sertifikat olgan.
- Maxsus kurslarda 900 nafar rahbar, 3 mingdan ortiq davlat xizmatchisi, 1 ming nafar bank xodimi va 200 nafar maslahatchi o‘qitilgan.
- Kelgusi ikki yil davomida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi to‘liq amalga oshiriladi.
- Maktab o‘quvchilari, talabalar, o‘qituvchilar va keng jamoatchilik uchun zamonaviy o‘quv materiallari ishlab chiqiladi.
- O‘zbekiston Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkiloti (WAICO) ta’sischi davlatlaridan biriga aylandi.
Prezident hisoblash quvvatlarini oshirish, amaliy loyihalar sonini ko‘paytirish, startaplar va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
7730
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi
0·4 noyabr, 14:00

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
11·4 noyabr, 13:48

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
23·4 noyabr, 13:04

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
35·4 noyabr, 12:29

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
47·4 noyabr, 11:17