Hududlarda elektr va gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyevga 6-avgust kuni energetika tarmogʻi faoliyatini takomillashtirish, aholini elektr energiyasi va gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi axborot taqdim etildi.
Ma’lum qilinishicha, elektr va gaz ta’minotidagi muammolarni hal etish uchun yangi yondashuv joriy etilmoqda. Hozirda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida maxsus shtab faoliyat yuritib, aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini bevosita o‘rganmoqda. U yerda elektr energiyasi uzilishlari, quvvat yetishmasligi, gaz bosimining pasayishi, texnik shartlar olishdagi muammolar va qarzdorlik bilan bog‘liq masalalar tahlil qilinmoqda. Yangiyo‘lda sinovdan o‘tayotgan ushbu tajriba asosida yana 13 ta tumanda ham shunday tizim joriy etilishi, keyinchalik esa boshqa hududlarga kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga ulash tartib-taomillarining shaffofligiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunga erishish uchun rasmiylar texnik shartlar berilishi ustidan nazoratni kuchaytirish va korruptsiya xavfini kamaytirish niyatida.
Taqdimot yakunlaridan kelib chiqib, davlatimiz rahbari kuz-qish mavsumiga yuqori sifatli tayyorgarlik koʻrish, aholi va korxonalarni elektr energiyasi va gaz bilan barqaror ta’minlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha topshiriqlar berdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
