O‘zbekistonda birinchi sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘alari” yuborilishi boshlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yangi o‘quv yili oldidan birinchi sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari”ni hududlarga yetkazib berishni boshladi.
Har bir to‘plam birinchi sinf o‘quvchilariga zarur bo‘lgan 12 turdagi maktab anjomidan iborat. Ularning tarkibiga maktab sumkasi, daftarlar, ruchka, oddiy va rangli qalamlar, rangli qog‘oz, plastilin, rasm albomi, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yoqlari, yelim va penal kiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida mamlakatdagi 10 225 ta umumta’lim maktabida 6,7 milliondan ortiq o‘quvchi tahsil oladi. Ularga 550 mingdan ziyod pedagog ta’lim beradi. Joriy yilda birinchi sinflarga 795 mingdan ortiq bolani qabul qilish rejalashtirilgan. 5-avgust holatiga ko‘ra, 680 ming nafar o‘quvchi maktablarga qabul qilingan. Bu rejalashtirilgan ko‘rsatkichning 85 foizini tashkil etadi.
Vazirlikka ko‘ra, barcha sovg‘a to‘plamlari 15-avgustga qadar hududlarga, 25-avgustgacha esa maktablarga yetkazib beriladi. “Prezident sovg‘alari” davlat maktablari bilan bir qatorda nodavlat ta’lim muassasalari hamda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarda tahsil oladigan birinchi sinf o‘quvchilariga ham topshiriladi.
Sovg‘alar “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlaridan so‘ng tantanali ravishda o‘quvchilarga tarqatiladi. Buning uchun barcha birinchi sinf o‘quvchilarining ro‘yxati adm.maktab.uz elektron platformasi orqali shakllantirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
