Oʻzbekiston goʻsht ishlab chiqarishni 190 ming tonnaga oshirishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni mamlakatimizda chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish rejalari bilan tanishdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda yiliga 1,6 million tonna go‘sht ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda mamlakatning go‘shtga bo‘lgan ehtiyoji 2,15 million tonnaga yetgan. Aholi soni va turizm oqimining o‘sishi tufayli oziq-ovqat mahsulotlariga talab ham ortib bormoqda.
Shu munosabat bilan 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, mamlakatda qo‘shimcha 190 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Buning uchun faoliyati to‘xtab qolgan 103 ta chorvachilik xo‘jaligi qayta tiklanadi. Ularga yem-xashak ekinlari uchun yer ajratish, qarzlarini yengillashtirish va naslli chorva mollari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Natijada yiliga qo‘shimcha 12 ming tonna go‘sht va 40 ming tonna sut ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Umumiy qiymati 3 trillion so‘m bo‘lgan 802 ta yangi loyiha amalga oshiriladi. Ushbu loyihalar doirasida qoramol, qo‘y va echkilar soni ko‘paytirilib, yiliga qo‘shimcha 20 ming tonna go‘sht hamda 120 ming tonna sut ishlab chiqariladi. Sohani rivojlantirish uchun xorijdan ham naslli chorva mollari olib kelinadi. Xususan, Mo‘g‘ulistondan 150 ming bosh qo‘y, Xitoy va Yevropa davlatlaridan 100 ming bosh naslli qoramol, Belarusdan esa 2 ming bosh qoramol import qilish rejalashtirilgan. Bu orqali yana 44 ming tonna qo‘shimcha go‘sht ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun 463 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi. Taqdimotda aholi xonadonlarini qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Chorva bilan shug‘ullanayotgan oilalarga arzon chorva mollari yetkazib berish, sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, yem-xashak va veterinariya xizmatlari bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, fermerlar uchun “Smart Fermer” raqamli platformasi ishga tushiriladi. Mobil ilova orqali veterinariya xizmatlari, subsidiyalar, chorva parvarishi va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumot hamda maslahat olish mumkin bo‘ladi. Parrandachilik yo‘nalishida ham yirik loyihalar amalga oshiriladi. 2028-yilgacha qiymati 432 million dollarlik loyihalar hisobiga qo‘shimcha 100 ming tonna parranda go‘shti ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
