Tokio hayvonot bogʻida kuchli jazirama tufayli uch sher ayol halok boʻldi

Yaponiyada kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo fonida Tokio shahridagi Tama hayvonot bog‘ida uchta urg‘ochi sher nobud bo‘ldi. Hayvonot bog‘i ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki tekshiruv natijalari sherlarning kuchli suvsizlanish va bir nechta organlar faoliyatining izdan chiqishidan aziyat chekkanini ko‘rsatgan.
Birinchi bo‘lib uch yoshli Mugi ismli sher 28-iyul kuni nobud bo‘lgan. Oradan bir necha kun o‘tib 11 yoshli Ichigo, so‘ngra 15 yoshli Luena ham halok bo‘lgan. Hayvonot bog‘i xodimlari sherlarni sovutish uchun qo‘shimcha shamollatish tizimlari, suv va dori vositalaridan foydalangan. Biroq bu choralar ularning hayotini saqlab qolishga yetarli bo‘lmagan.
Hozirda bog‘dagi yana uch sher kasallik alomatlari bilan nazorat ostida qolmoqda. Ularga suyuqliklar, vitaminlar va dori-darmonlar berilmoqda. Ayrim hayvonlarning ahvoli yaxshilanayotgani qayd etilgan. Veterinariya mutaxassislarining fikricha, yuqori namlik sherlarning tana haroratini tushirishiga to‘sqinlik qilgan. Sherlar odamlar kabi terlamaydi va tana haroratini asosan tez-tez nafas olish orqali tartibga soladi. Biroq namlik yuqori bo‘lganda bu usul samarasiz bo‘lib qoladi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada bu yozda havo harorati ayrim hududlarda 40 darajadan oshgan. Mamlakat bo‘ylab 43 mingdan ortiq kishi issiq urishi sabab shifoxonalarga murojaat qilgan. Tama hayvonot bog‘i rahbariyati sherlar ekspozitsiyasi va safari avtobusi xizmatini vaqtincha to‘xtatgan. Qolgan sherlar esa konditsioner va sanoat ventilyatorlari o‘rnatilgan maxsus hududga ko‘chirildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
