Yangiliklar/Jamiyat

Qamchiq dovonida yuk mashinasi va yengil avtomobil toʻqnashib ketdi

Jamiyat 2 avgust, 15:33
Qamchiq dovonida yuk mashinasi va yengil avtomobil toʻqnashib ketdi

Qamchiq dovonida Isuzu yuk avtomobili va Epica avtomobili ishtirokida jiddiy YTH sodir boʻldi. Toʻqnashuvdan keyin ikkala mashina ham butunlay yonib ketgan. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

YTH 2-avgust kuni soat 08:20 atrofida A-373 avtomobil yoʻlining 168-kilometrida sodir boʻlgan. Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, Toshkentdan Fargʻona vodiysi tomon harakatlanayotgan “Isuzu” yuk mashinasi texnik nosozlik tufayli yoʻl chetida toʻxtab qolgan. Uning ortidan kelayotgan Epica haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan. Toʻqnashuvdan soʻng yongʻin kelib chiqqan.

Epica haydovchisi va yoʻlovchilardan biri yengil tan jarohatlari olib, voqea joyida birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirliklari va yoʻl xizmati xodimlari yetib kelgan. Qutqaruvchilar yongʻinni oʻchirdi va yoʻl uchastkasida harakat xavfsizligini ta’minladi.

2,4710

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→