Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonda birinchi xalqaro toifadagi golf klubi ochilishida ishtirok etdi

Siyosat 30 iyul, 20:04
Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonda birinchi xalqaro toifadagi golf klubi ochilishida ishtirok etdi

Choʻlpon-Otadagi dastur doirasida Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda Qirgʻizistonda birinchi xalqaro toifadagi golf klubining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Rahbarlar bu yerda yaratilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdi.

Yangi majmua golfni ommalashtirish va sport turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari Sadir Japarov va qardosh qirgʻiz xalqini yangi inshootning ochilishi bilan tabrikladi.

9490

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→