Yangiliklar/Iqtisod

Toshkentda koʻchalarni obodonlashtirish va ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash uchun 21,5 milliard soʻm ajratiladi.

Iqtisod 29 iyul, 18:01
Toshkentda koʻchalarni obodonlashtirish va ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash uchun 21,5 milliard soʻm ajratiladi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mahalliy byudjetdan qoʻshimcha 21 milliard 480 million soʻm mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mablagʻlar ikkinchi chorak yakunlari boʻyicha daromad rejasini ortigʻi bilan bajarish hisobiga shakllantirildi.

Asosiy qismi obodonlashtirishga qaratilgan:

  • 11,95 mlrd.soʻm – markaziy va muhim koʻchalar uchun mavsumiy gullar va dekorativ butalar sotib olish;
  • 3,8 mlrd.soʻm – muhim koʻchalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
  • 2,15 milliard soʻm - markaziy maydonlarni obodonlashtirish;
  • 900 million soʻm - davlat ob’ektlari hududlarini obodonlashtirish.

Qolgan qismi ijtimoiy sohaga ketadi:

  • 2,39 mlrd.soʻm – “Bilim” axborot-kutubxona markazini kapital ta’mirlash;
  • 248 million soʻm – Toshkent turizm va mehmonxona xoʻjaligi kollejini jihozlash;
  • 40,4 million soʻm – Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi shahar boʻlimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
6480

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→