Bank xodimi va sherigi 3,5 million dollar kredit olishda vositachilik qilgani uchun qoʻlga olindi

Toshkent shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan firibgarlikda gumon qilingan ikki nafar shaxs qoʻlga olindi.
Tergov ma’lumotlariga koʻra, xususiy tijorat bankining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi advokati va muqaddam sudlangan Yangiyoʻl tumanida yashovchi fuqaro tadbirkorni 3,5 million dollar miqdorida imtiyozli kredit olishda yordam berishlariga ishontirgan. “Xizmatlar” uchun ular summaning 12 foizi — 420 ming dollar talab qilishgan.
50 ming dollar avans olgach, ikkalasi ham jinoyat ustida ushlangan. Pullar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi.
Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni bunday holatlar yuzasidan 1520 qisqa raqamiga xabar berishga chaqirdi – murojaat etuvchilarning maxfiyligi kafolatlangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
