1-avgust kuni “Zoʻr” telekanalida Sharof Rashidov haqidagi hujjatli film namoyish etiladi
Jamiyat 29 iyul, 12:01

1-avgust kuni soat 18:00 da Zoʻr telekanalida siyosatchi, davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov haqidagi “Davr qahramoni” hujjatli filmining premyerasi boʻlib oʻtadi. Film bir vaqtning oʻzida oʻzbek va rus tillarida namoyish etiladi.
Filmning ishlab chiqarilishi olti yil davom etdi. Sur'atga olish ishlari Oʻzbekiston, Belarus va Rossiyada olib borilgan. U tarixchilar, guvohlar va Rashidovning oila a’zolari, jumladan, qizi Gulnora va nabirasi Sevara bilan suhbatlarga asoslangan. Kadrda kosmonavt Vladimir Djanibekov, akademiklar Shuhrat Egamberdiev va Sa’dulla Iskandarov, me’mor Sergo Sutyagin. SSSR Vazirlar Kengashining sobiq raisi Nikolay Rijkovning xotiralari tinglanadi.
Filmda nafaqat oʻsha davr yutuqlari, balki uning qarama-qarshiliklari: Orol fojiasi, Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga kirishi va “paxta ishi” ham yoritilgan.
“Bu film nafaqat Rashidov, balki oʻz davri sharoitida barpo etgan, yaratgan, xatoga yoʻl qoʻygan va shu bilan birga aql bovar qilmaydigan natijalarga erishgan avlod haqida”, – deydi prodyuser Ruslan Saliyev.
6640
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi
2·4 noyabr, 14:00

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
12·4 noyabr, 13:48

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
24·4 noyabr, 13:04

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
35·4 noyabr, 12:29

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
48·4 noyabr, 11:17