Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Choʻlpon-Ota shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – Ozarbayjon” birinchi sammitida ishtirok etadi

Siyosat 28 iyul, 11:26
Shavkat Mirziyoyev Choʻlpon-Ota shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – Ozarbayjon” birinchi sammitida ishtirok etadi

Qirgʻizistonning Issiqkoʻl sohilidagi Choʻlpon-Ota shahrida ilk bor “Markaziy Osiyo – Ozarbayjon” formatidagi sammit boʻlib oʻtadi. Tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va mintaqadagi boshqa davlat rahbarlari ishtirok etadi, deb xabar beradi “Haqqin.az”.

Ozarbayjon 2025-yil noyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarida toʻlaqonli ishtirokchi maqomini oldi. Hozirgi Choʻlpon-Otadagi uchrashuv yangi formatdagi birinchi toʻliq formatdagi sammit boʻladi.

Format nafaqat siyosiy, balki oʻziga xos iqtisodiy jihatga ham ega. Ozarbayjon Markaziy Osiyoni Kaspiy dengizi orqali Janubiy Kavkaz, Turkiya va Yevropa bilan bogʻlovchi Oʻrta yoʻlakning asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Jahon banki ma’lumotlariga koʻra, zarur islohotlar natijasida Oʻrta yoʻlak boʻylab yuk tashish hajmi 2030-yilga borib uch barobarga, yetkazib berish muddatlari esa ikki barobarga qisqarishi mumkin.

5230

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→