Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: energetika muammosi pulda emas, boshqaruvda

Siyosat 27 iyul, 15:51
Shavkat Mirziyoyev: energetika muammosi pulda emas, boshqaruvda

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika tarmogʻining ustuvor vazifalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

Davlat rahbari soʻnggi oʻn yil ichida energetika sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilgani: qonun va me’yoriy hujjatlar qabul qilingani, xususiy sektor va xorijiy investorlar uchun keng yoʻl ochilganini ta’kidladi. Prezidentimiz investorlar bilan shaxsan uchrashib, ularning takliflarini tingladi, yirik loyihalarni amalga oshirish uchun zarur kafolatlar berdi.

Natijada energetika sohasiga 23 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy sarmoya jalb etilib, mahalliy sharoitda umumiy quvvati 9,5 gigavatt boʻlgan elektr stansiyalari oʻrnatildi, bu esa ichki ehtiyojni toʻliq qoplashga yetadi. Soʻnggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, nimstansiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlash uskunalarini yangilash uchun 30 trillion soʻm, bu avvalgi 25 yilga nisbatan olti barobar koʻp mablagʻ yoʻnaltirildi.

Shu bilan birga, prezident sohaning asosiy muammosini ochiqladi

"Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag'da emas, chunki qancha kerak bo'lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida"
5400

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→