Yangiliklar/Iqtisod

Oʻzbekistonda 1 iyuldan boshlab bolalar uchun nafaqa miqdori oshirildi

Iqtisod 27 iyul, 12:30
Oʻzbekistonda 1 iyuldan boshlab bolalar uchun nafaqa miqdori oshirildi

2026-yil 1-iyuldan Oʻzbekistonda bolalar nafaqalari, moddiy yordam va nogironlik pensiyalarining yangi miqdorlari kuchga kirdi.

3 yoshgacha boʻlgan bitta bolaga beriladigan nafaqa 386 ming soʻm, 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 295 ming soʻmni tashkil etadi. Oiladagi ikkinchi farzand uchun 177 ming soʻmdan, uchinchi va har bir keyingi farzand uchun 118 ming soʻmdan qoʻshimcha toʻlanadi.

1 -yuldan boshlab moddiy yordam miqdori 450 ming soʻm etib belgilandi.

Keksalik nafaqasi, shuningdek, nogiron bolalari bor onalarga toʻlanadigan yoshga doir pensiya miqdori 878 ming soʻmni tashkil etadi.

I guruh nogironligi boʻyicha nafaqa — 1 million 209 ming soʻm, II guruh — 1 million 83 ming soʻm.

Toʻlovlarning oshirilishi aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ehtiyojmand toifadagi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

1,6260

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→