Yangiliklar/Jamiyat

Navoiy viloyatida “Damas” haydovchisi 17 ta bog‘cha bolasini tashayotganda ushlandi

Jamiyat 26 iyul, 17:50
Navoiy viloyatida “Damas” haydovchisi 17 ta  bog‘cha bolasini tashayotganda ushlandi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari old oʻrindiqda uch bola oʻtirgan Damas mashinasini toʻxtatdi.

Tekshiruv davomida avtomashinada haydovchidan tashqari 17 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchisi va bir nafar muassasa xodimi boʻlgani ma’lum boʻldi. Voqea 21-iyul kuni Vangʻozi mahallasi hududida sodir boʻlgan.

Haydovchi huquq-tartibot idoralari xodimlarining qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortib, qattiq janjallashib, voqea joyini tark etishga uringan. Unga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy choralar koʻrildi.

5790

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→