Yangiliklar/Ekologiya

Kelasi hafta Oʻzbekistonda jazirama yana 42 darajaga yetadi

Ekologiya 26 iyul, 12:20
Kelasi hafta Oʻzbekistonda jazirama yana 42 darajaga yetadi

Oʻzgidromet 27—31-iyul kunlari Oʻzbekiston hududlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Hafta boshi yogʻingarchiliksiz, issiq havo saqlanib qoladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻlib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7–12 m/s tezlikda esayotgan shamol 31-iyul kuni ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang boʻroni boʻlishi mumkin. Kechasi 20–27°, kunduzi 37–42° darajada havo harorati kuzatiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo quruq va issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, chang bosadi. Kechasi 22–27°, kunduzi 37–42° issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, 28–30 iyulda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang boʻroni boʻlishi mumkin. Kechasi 20–27°, kunduzi 34–41° issiq kuzatiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida – biroz bulutli, yomgʻir yogʻmaydi. Ayrim kunlarda shamol tezligi 18 m/s gacha. Kunduzi 37–42° harorati saqlanadi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo asosan quruq bo‘ladi. Kechasi 20–25°, kunduzi 28–30-iyulda 34–39°, 31-iyulda 36–41° darajada issiq bo‘ladi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 14–19°, kunduzi 25–32° issiq harorat saqlanadi.

5720

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→