Yangiliklar/Siyosat

Toshkentdagi Romanovlar saroyidagi muzey ekspozitsiyasi nemis kompaniyasi tomonidan 4,3 million yevroga yaratiladi

Siyosat 25 iyul, 10:35
Toshkentdagi Romanovlar saroyidagi muzey ekspozitsiyasi nemis kompaniyasi tomonidan 4,3 million yevroga yaratiladi

Oʻzbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamgʻarmasi Germaniyaning Atelier Brückner GmbH kompaniyasi bilan Toshkentdagi Romanovlar saroyi uchun muzey koʻrgazmasini tayyorlash va oʻrnatish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma imzoladi. Shartnoma qiymati 4,3 million yevro yoki 60,3 milliard soʻmni tashkil etadi.

Shartnomaga koʻra, kompaniya "Knyaz N.K. Romanovning sobiq qarorgohi" loyihasi boʻyicha ishlarni amalga oshiradi: koʻrgazma mebellari, vitrinalar, koʻrgazmalar uchun stendlar, grafik materiallar va yoritish tizimlari, shuningdek, multimedia uskunalari va kontentini ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, pudratchi loyihani muvofiqlashtirish, texnik hujjatlarni tayyorlash, ishlab chiqarishni nazorat qilish, etkazib berish, oʻrnatish va montajdan soʻng yakuniy tekshirishni oʻz zimmasiga oladi.

Atelier Brückner GmbH 1997-yilda Shtutgartda tashkil etilgan muzey dizayni va koʻrgazma arxitekturasi sohasida dunyodagi yetakchi byurolardan biri hisoblanadi. Kompaniya portfelida Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyodagi eng yirik muzeylar va madaniyat markazlari uchun koʻrgazmalar oʻrin olgan.

Shu paytgacha Romanovlar saroyi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi qabulxonasi sifatida foydalanilgan va keng jamoatchilik uchun yopiq edi. Avvalroq uni muzeyga aylantirish rejalari haqida ma’lum boʻlgan edi.

2,2620

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→