Toshkent aeroportida Tailanddan kelgan shampunlardan deyarli 12 kg gashish moyi topildi

Toshkent xalqaro aeroportida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 11,8 kg gashish moyi musodara qilindi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Mutaxassislar Bangkok-Dehli-Toshkent reysi bilan kelgan va “yashil” yoʻlakdan oʻtgan 21 yoshli Qirgʻiziston fuqarosining yukini koʻzdan kechirdi. Chamadonlarda joylashgan shampun shishalarida gashish moyi topilgan.
Tezkor tadbirlar davomida Yunusobod tumanidagi xonadonlardan birida giyohvandlik moddasi qoldirilgan. Uni olib ketmoqchi boʻlgan vaqtida Chirchiq shahrida yashovchi 25 yoshli fuqaro qoʻlga olindi. Aniqlanishicha, Tailanddan olib kelingan giyohvand moddalarni Oʻzbekiston hududi orqali qoʻshni davlatlardan biriga olib oʻtish rejalashtirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Har ikki gumonlanuvchi hibsga olinib, tergov davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
