Toshkentda obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi issiqda ishlagan xodimlar uchun jarimaga tortildi

Toshkentda Yakkasaroy tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi me’yordan tashqari issiqlik davrida mehnat xavfsizligi talablarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspektsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruvga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video sabab boʻldi: unda obodonlashtirish xizmati xodimlari haddan tashqari harorat sharoitida koʻchada ishlagan. Tekshiruv davomida hududni tozalash bilan shugʻullanayotgan ishchi-xizmatchilarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari yaratilmagani aniqlandi.
Rahbarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi (mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) boʻyicha ma’muriy javobgarlik choralari qoʻllanilgan. Ushbu modda boʻyicha mansabdor shaxslar uchun jarima 5 dan 10 BRVgacha - 2,06 million soʻmdan 4,12 million soʻmgacha.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
