“Toshkent-Nurafshon” avtomobil yoʻlida yangi yoʻl oʻtkazgich foydalanishga topshirildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chogʻida A-373 va Katta Toshkent halqa yoʻllari kesishmasidagi yangi yoʻl oʻtkazgichni koʻzdan kechirdi.

Ob’ekt Bektemir va Srednechirchiq tumanlari chegarasida 14,1 gektar maydonda qurilgan. Loyiha qiymati 240 milliard soʻmni tashkil etadi. Majmua uzunligi 66 metr va eni 46 metr boʻlgan koʻprik, 450 metr yer osti avtomobil tunneli, ikkita burilish pandus, toʻrtta yer osti piyodalar oʻtish joyi va 950 metr uzunlikdagi halqa yoʻlidan iborat edi. Shuningdek, 9,5 km uzunlikdagi velosiped va piyodalar yoʻlaklari yotqizilib, sakkizta jamoat transporti bekatlari va 240 ta tashqi yoritish lampalari oʻrnatildi.

Ob’ekt ishga tushirilgandan soʻng, yoʻnalishning kunlik oʻtkazish qobiliyati bir necha barobar ortadi - 130 ming avtomobilgacha. Toshkent va Nurafshon oʻrtasidagi qatnov vaqti 10-15 daqiqaga qisqaradi. Prezidentga Toshkent-Nurafshon yoʻnalishida BRT tezyurar avtobus tizimini ishga tushirish rejalari haqida ham ma’lumot berildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
