Oʻrtachirchiq tumanida Qorasuv kanali qirgʻogʻining 9 kilometri obodonlashtirilmoqda

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanidagi Qorasuv kanalining obodonlashtirilgan qirgʻogʻini koʻzdan kechirdi.

Oʻtgan yili boshlangan qurilish ishlari doirasida umumiy qiymati 32 milliard soʻm boʻlgan sohilning 9 kilometrlik qismini obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Birinchi bosqichda Tinchlik va Qorasuv mahallalari oraligʻidagi 1,6 kilometrlik uchastka obodonlashtirildi: bu yerda zamonaviy piyodalar yoʻlaklari, favvora, vorkout maydonchalari, akvapark va koʻprik ostidagi tunnel barpo etildi. Manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi, oʻrindiqlar oʻrnatildi, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish ob’ektlari barpo etildi.

Ikkinchi bosqichda kanalning Qorasuv, Rovatak va Fayzobod mahallalari hududidan oʻtuvchi qismida koʻngilochar, dam olish va gastronomik koʻchalarni rivojlantirish rejalashtirilgan. Savdo va xizmat koʻrsatish ob’ektlari soni oltitaga yetkazilib, 150 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
