Yangiliklar/Jamiyat

Ichki ishlar vazirligi AQShga sayohat pulini 50 ming dollarga sotayotgan shaxsni qoʻlga oldi

Jamiyat 22 iyul, 09:56
Ichki ishlar vazirligi AQShga sayohat pulini 50 ming dollarga sotayotgan shaxsni qoʻlga oldi

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan Namangan viloyatida tugʻilgan 25 yoshli fuqaro firibgarlikda gumonlanib qoʻlga olindi. Agentlik ma’lumotlariga koʻra, gumonlanuvchi AQShga ketmoqchi boʻlgan fuqaroning ishonchiga kirib, yordam uchun 50 ming dollar soʻragan.

Tezkor xodimlar uni kafeda 20 ming dollar avans olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlagan. Ma’lum boʻlishicha, gumonlanuvchi avval ham oʻta yirik miqdordagi firibgarlik uchun sudlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʻta yirik miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi hibsga olindi.

1,3010

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→