Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda Onix avtomobili YPX mototsikllari bilan toʻqnashib ketdi – inspektor halok boʻldi (video)

Jamiyat 17 iyul, 09:37
Toshkentda Onix avtomobili YPX mototsikllari bilan toʻqnashib ketdi – inspektor halok boʻldi (video)

16-iyul, soat 18:30 atrofida Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani Doʻrmon yoʻli koʻchasida jiddiy yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoir Yoʻldoshev ma’lum qildi.

Gʻazalkent koʻchasidan chiqib ketgan “Onix” rusumli avtomashina bilan chorrahada patrul mototsiklida ketayotgan YPXning uch nafar inspektori toʻqnashib ketdi. Inspektorlardan biri olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Qolgan jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda; ularning aniq soniga oydinlik kiritilmoqda.

Yoʻl harakati politsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda avtohalokat kortejni kuzatib borayotgan vaqtda sodir boʻlgani haqidagi versiyani ham rad etdi. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda; qoʻshimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.

2,3040

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→