Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent yaqinidagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi: uch kishi jarohatlandi

Jamiyat 17 iyul, 10:38
Toshkent yaqinidagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi: uch kishi jarohatlandi

16-iyul kuni kechqurun Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi avtogaz toʻldirish kompressor stansiyasida portlash va yongʻin sodir boʻldi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yongʻin soat 22:46 da propan saqlanadigan bakda va gaz tashish uchun moʻljallangan maxsus avtomashinada sodir boʻlgan. Stansiya M-39 avtomagistrali boʻylab Solnechniy qishlogʻi yaqinida joylashgan. Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli portlash va undan keyingi yongʻin videolari tarqaldi. Voqea joyiga qutqaruv boʻlinmalari yetib borib, soat 00:04 da yongʻinni oʻchirishdi.

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, tan jarohati olgan uch nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan va ularga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

1,0280

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→