Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent-Nurafshon yoʻli 21-iyulgacha vaqtinchalik yopildi

Jamiyat 17 iyul, 11:40
Toshkent-Nurafshon yoʻli 21-iyulgacha vaqtinchalik yopildi

“Toshkent – ​​Nurafshon” avtomobil yoʻlining 4-kilometridan 9-kilometrgacha boʻlgan qismi (D002) 21-iyulga qadar avtotransportlar uchun toʻliq yopiq. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB xabar berdi.

Cheklov yoʻlda inshootlar qurilishi munosabati bilan joriy etilgan. Ushbu yoʻnalish boʻylab harakatlanayotgan haydovchilarga marshrutni oldindan rejalashtirish va aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etiladi.

1,3040

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→