Oʻzbekistonda pasportni yoʻqotganlik uchun jarima bekor qilinadi

Oʻzbekistonda pasport, ID-karta va biometrik pasport yoʻqolgan yoki shikastlanganlik uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi chora Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini koʻrsatishni yaxshilash va fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Endilikda pasport yoki shaxsiy guvohnomani yoʻqotib qoʻygan yoki qasddan shikastlaganlik uchun 0,5 dan 3 ta asosiy hisoblangan miqdorgacha — 206 ming soʻmdan 1,236 million soʻmgacha jarima belgilanadi. Oʻzgartirishlar kuchga kirgandan soʻng, fuqarolar jarima oʻrniga yangi hujjatni roʻyxatdan oʻtkazishda faqat oshirilgan davlat bojini toʻlashlari kerak boʻladi.
Yangi tartib pasporti, ID-kartasi yoki biometrik pasportini yoʻqotgan yoki shikastlab qoʻygan Oʻzbekiston fuqarolariga, shuningdek, mamlakatda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga shaxsiy guvohnomasi yoʻqolgan taqdirda tatbiq etiladi. Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil oktabrgacha zarur normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
