Mahalla raislari yerlarni kimoshdi savdosiga qoʻyish huquqiga ega boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahallalarni rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar va “mahalla yettiligi” faoliyatini yangi tamoyillar asosida yoʻlga qoʻyishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Davlat rahbari mahallalar raislariga xususiy bolalar bogʻchalari, maktablar, poliklinikalar va sport inshootlari qurish uchun boʻsh turgan yer uchastkalarini kim oshdi savdosiga qoʻyish vakolati berilishini ma’lum qildi.
Prezident kam ta’minlangan oilalarning bandlik dasturlari bilan kam qamrab olinayotganiga ham e’tibor qaratdi. Bir qator tumanlarda ularning bandlik loyihalaridagi ulushi 15 foizga ham yetmaydi, xususan, Qoraoʻzyoq, Marhamat, Mirishkor, Nurobod va Termiz tumanlarida.
960 ta kam ta’minlangan oila istiqomat qilayotgan 32 ta mahallada birorta ham muhtoj fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanmagan. 883 ta mahallada bank xodimlari uyma-uy yurmagan, tadbirkorlar bilan uchrashmagan.
Yil boshidan buyon qoniqarsiz ish olib borayotgani uchun 152 nafar mahalla raisi egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 700 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.
“Mahalla chinakam insonlar uchun ishonch, qoʻllab-quvvatlash va imkoniyatlar markaziga aylanishi kerak, – dedi Mirziyoyev.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
