Noyabr oyidan tunda reklama qoʻngʻiroqlari va SMS yuborish taqiqlanadi

Oʻzbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan mobil reklama sohasida yangi qoidalar kuchga kiradi. Qabul qilingan qarorga koʻra, kechki va tungi vaqtda – soat 18:00 dan 09:00 gacha reklama qoʻngʻiroqlari va SMS joʻnatishlar butunlay taqiqlanadi.
SMS-xabarlar orqali tovarlar va xizmatlarni taklif etuvchi har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslar oluvchidan yozma yoki elektron ruxsatnoma olishlari talab qilinadi. Mobil reklama xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalar oʻz axborot tizimlarini Shaxsiy ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazgandan keyingina faoliyat yurita oladi. Mobil operatorlar abonentning birinchi soʻroviga koʻra reklama qoʻngʻiroqlari va SMSlarni bloklashlari kerak boʻladi. Qonunbuzarlar reklama va shaxsiy ma’lumotlar toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Qarorda yana bir qator oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan. 2026-yil 1-oktabrdan shaxsiy ma’lumotlarni avtomatik yangilash tizimi ishlaydi: familiya, ismi, otasining ismi yoki tugʻilgan sanasini oʻzgartirganda, yangi ma’lumotlar davlat organlarining barcha tegishli axborot tizimlarida avtomatik ravishda yangilanadi. Bundan tashqari, voyaga etmagan fuqarolar oʻz huquqlarini himoya qilish uchun sudga mustaqil ravishda murojaat qilganlarida, davlat boji toʻlashdan butunlay ozod qilinadilar.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
