Xollouey UFC 329 musobaqasida Makgregorni 69 soniyada nokautga uchratdi

Maks Xolluey Las-Vegasdagi UFC 329 turniri asosiy jangining birinchi raundida Konor Makgregorni nokautga uchratdi. Yarim vazn toifasidagi jang birinchi raundning 1:09 daqiqasida yakuniga yetdi.
Makgregor ilk soniyalardanoq sakrash bilan hujum qilmoqchi boʻldi, biroq qoʻnish chogʻida oyogʻidan jarohat oldi. Shundan soʻng, irlandiyalik bir necha bor polga tushib qoldi va oʻzini himoya qilishga ulgurmay zarbalarni oʻtkazib yubordi. Hakam texnik nokaut qayd etib, jangni toʻxtatdi.
Xollouey 13 yil muqaddam magʻlubiyati uchun qasos oldi: 2013-yilning avgustida Makgregor uni bir ovozdan qaror bilan magʻlub etdi. 34 yoshli amerikalik uchun bu toʻqqizta magʻlubiyat bilan MMAdagi 28-gʻalabasi boʻldi. Makgregor faoliyatidagi ettinchi magʻlubiyatni qabul qilib oldi - bu qatorasiga uchinchi magʻlubiyat. Irlandiyalik oxirgi marta 2021-yilda oktagonga kirgan, oʻshanda u Dastin Puaryega yutqazgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
