Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev ICESCO bosh direktorini “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi

Siyosat 10 iyul, 15:00
Shavkat Mirziyoyev ICESCO bosh direktorini “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan tashkilot oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi: xususan, Xalqaro Islom akademiyasida ICESCO boʻlimi faoliyat koʻrsatishi, joriy yilda Toshkentda tashkilotning ofisi ochilishi, Islom olami madaniy merosi qoʻmitasining fevraldagi yigʻilishi natijasida Oʻzbekistonning yettita moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari ESISKO roʻyxatiga kiritilgani yodga olindi.

Madaniy yodgorliklar va qoʻlyozmalarni restavratsiya qilish, muhofaza qilish va raqamlashtirish, mamlakatimiz tarixiy merosini xalqaro media platformalar orqali targʻib qilish, qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Uchrashuv yakunida Mirziyoyev Oʻzbekiston bilan ISESCO oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, Yangi Oʻzbekistonning mamlakatimizning qadimiy tarixi va madaniy merosini ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlagani, shuningdek, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, yosh avlodni umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyati uchun Salim al-Malikni “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

4520

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→