Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi etib tayinlandi

Kattaxonova Dilnoz ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Yoshlar masalalari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan va yangi tayinlangani munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etildi.
1991-yil 2-iyulda Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Oʻtgan yillar davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Yoshlar ittifoqida ishlagan, “Kamalak” bolalar tashkilotiga rahbarlik qilgan. 2020-yil iyul oyida u oʻsha paytda tashkil etilgan Yoshlar masalalari agentligi direktori oʻrinbosari, 2023-yil dekabr oyida esa agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan edi. Kattaxonova “Doʻstlik” davlat ordeni, “Xalqlar doʻstligi” va “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati hamdir.
Boʻlimning sobiq boshligʻi Zulayho Baxriddinovna Maxkamova boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 2022-yil mart oyidan buyon Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga raislik qilib kelmoqda edi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
