Yangiliklar/Siyosat

Prezident 20 nafar oʻzbekistonlik yoshni mamlakatimiz taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini ta’kidladi

Siyosat 29 iyun, 18:47
Prezident 20 nafar oʻzbekistonlik yoshni mamlakatimiz taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini ta’kidladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizning bir guruh yosh fuqarolarini mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. “Kelajak bunyodkori” medali bilan ilm-fan, sport, tibbiyot, tadbirkorlik, madaniyat va jamoat hayotida oʻzini koʻrsatgan oʻgʻil-qizlar taqdirlanadi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan quyidagilar taqdirlandi:

• Shahzoda Azatova — Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

• Kamola Odiljonova — Andijon davlat pedagogika instituti doktoranti, Andijon viloyati

• Jahongir Bafoev — “Bukhara Books” kitob doʻkonlari tarmogʻi asoschisi, Buxoro viloyati

• Mohira Jalolova — Jizzax koʻp tarmoqli tibbiyot markazi neyroxirurg, Jizzax viloyati

• Asal Ziyodova - Qashqadaryo viloyati “Bolalar akademiyasi” xususiy ta’lim markazi rahbari

• Sulaymon Istamtoshev — Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati oʻqituvchisi

• Qobiljon Soloxiddinov — Namangan viloyati Qobil Jiga servis avtoservis boshligʻi

• Pokiza Nurmamatova — Samarqand viloyati Kaja Games milliy oʻyinlar startapi asoschisi

• Temur Rahimberdiev — Sirdaryo viloyati “Cecosino Newenergy Technology” xususiy korxonasi texnologik muhandisi

• Akmal Abduxoliqov — Surxondaryo viloyati “Aka-uka oltin erlari” fermer xoʻjaligi rahbari

• Ozoda Yunusov — AGMK Misni qayta ishlash zavodi flotatori, Toshkent viloyati

• Hamidjon Odilov — Fargʻona viloyati TruDispatch logistika korxonasi rahbari

• Sevinch Rahimova — Karate boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi, Xorazm viloyati

• Azizaoi Mirfayzullaeva — Toshkent shahri, Sergeli tumani, “Farogatli” mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi

• Laylo Aslonova — Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi

• Muhammadsaid Mamasaidov — Tahrirchi AI platformasi asoschisi

• Zilola Muydinova — Bojxona instituti bojxona toʻlovlari va statistika kafedrasi oʻqituvchisi

• Sabina Mustaeva — “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

• Firuzjon Safolov — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK A-321 samolyoti uchuvchisi

• Lobarxon Xuzamberdieva — Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti

5510

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→