Kannavaro: "Ushbu turnir men uchun ham, futbolchilar uchun ham ajoyib tajriba boʻldi"

Sport 28 iyun, 08:23
Kannavaro: "Ushbu turnir men uchun ham, futbolchilar uchun ham ajoyib tajriba boʻldi"

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va jamoa sardori Eldor Shomurodov JCH-2026 guruh bosqichining soʻnggi turida Kongo Demokratik Respublikasidan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng (1:3) matbuot anjumanida fikr bildirdi.

Kannavaro jamoa birinchi boʻlimda yaxshi oʻynaganini va koʻplab vaziyatlar yaratganini, ammo ikkinchi boʻlimda xatolarga yoʻl qoʻyganini, natijada uchta gol oʻtkazib yuborilganini tan oldi. Murabbiyning soʻzlariga koʻra, toʻp nazoratisiz ish qiyin boʻlishi oʻyindan oldin aniq edi.

"Ikkinchi boʻlimda biz xatolarga yoʻl qoʻydik va shuning uchun ham gol oʻtkazib yubordik", dedi u.

Italiyalik mutaxassis futbolchilarni tanqid qilish niyatida emasligini alohida takidladi.

"Ular qoʻllaridan kelganini qilishdi va men ular bilan faxrlanaman", dedi Kannavaro.

Uning soʻzlariga koʻra, jahon chempionati butun jamoa uchun muhim tajriba boʻldi va kelajak uchun kuchli motivatsiya beradi.

E’tiborlisi, oʻyin arafasida ham Kannavaro ushbu uchrashuv qur’a tashlangan paytdan boshlab muhim sanalganini aytgan edi.

"Birinchi ikki oʻyin qiyin boʻlishini bilardim. Qur’a oʻynagan paytdanoq Kongo bilan oʻyin biz uchun hal qiluvchi boʻlishi mumkinligini bilardik", dedi u.

Shomurodov jamoa nima uchun ikkinchi boʻlimda ehtiyotkorroq harakat qila boshlaganini tushuntirdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu murabbiylik rejasi emas, balki psixologik omil boʻlgan: hisobni boshqarayotganda, instinktiv ravishda uni saqlab qolishga harakat qilasiz. Jismoniy jihatdan juda kuchli boʻlgan Kongo DR termasi raqibni himoyalanishga majbur qildi.

"Oʻylaymanki, bizda etarli tajriba yoʻq edi - bu bizni xafa qildi", dedi kapitan.

Oʻzbekiston debyut jahon chempionatini “K” guruhida soʻnggi oʻrinda yakunladi – uchta oʻyin, uchta magʻlubiyat, toʻplar farqi 2:11. Shu bilan birga, Kannavaro turnirdan oldin ham uzoq muddatli maqsadni belgilab berdi:

Agar jahon chempionati tajriba orttirish maydonchasiga aylansa, Osiyo Kubogida natija uchun kurashamiz.
7580

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→