Zuxra Buvi Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
Siyosat 26 iyun, 10:13

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan media soha vakillarini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi “Zuhra_buvi” sahifasi asoschisi Zuhra buvi “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Uning sahifasi pazandachilik retseptlari va uy-ro‘zg‘or maslahatlari bilan mashhur bo‘lib, u O‘zbekistondagi eng taniqli blogerlardan biriga aylangan.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganlar:
- Farhod Abdullayev — “Sevimli” telekanalining “Eslab, eslab” loyihasi boshlovchisi
- Tulkun Qozakbayev — O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi a’zosi, yozuvchi va publitsist
- Aziza Qurbonova — OAV uchun kontent tayyorlash markazi yetakchi mutaxassisi
- Azizaxon Soliyeva — “Buvayda ko‘zgusi” gazetasi bosh muharriri (Farg‘ona viloyati)
“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlanganlar:
- Zuhra buvi — bloger
- Valeriy Biryukov — TASS agentligining O‘zbekistondagi muxbiri
- Rim Mustakimov — “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarining katta korrektori
- Jahongir Nohonov — “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari bosh muharriri o‘rinbosari
- Lutfulla Suvanov — “Yangi O‘zbekiston” gazetasi katta muxbiri
- Sharafitdin Tulegenov — “O‘zbekiston 24” radiokanali tahliliy dasturlar muallifi
- Dilshod Shirmuhamedov — “O‘zbekiston 24” teleradiokanal operatori
“Sog‘lom avlod uchun” II darajali ordeni:
- Murodjon Rizaev — “Sport” tv futbol sharhlovchisi
“Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlanganlar:
- Shohrux Majidov (Kun.uz muxbiri)
- Ravshanbek Melikuziev (Platina.uz va Pinkod.uz asoschisi)
- Mahliyo Tulkinova (bloger)
2460
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi
1·4 noyabr, 14:00

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
11·4 noyabr, 13:48

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
23·4 noyabr, 13:04

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
35·4 noyabr, 12:29

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
47·4 noyabr, 11:17