Yangiliklar/Ekologiya

Oʻzbekistonda dam olish kunlari issiq boʻlishi kutilmoqda – janubda +44 gacha

Ekologiya 26 iyun, 10:24
Oʻzbekistonda dam olish kunlari issiq boʻlishi kutilmoqda – janubda +44 gacha

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida issiq ob-havo saqlanib qoladi.

26-iyun (juma):

Ko‘pchilik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkentda havo harorati +37…+39 daraja.

27-iyun (shanba):

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Toshkentda +38…+40 daraja.

28-iyun (yakshanba):

Shimoli-g‘arbda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkentda +39…+41 daraja.

Ko‘pchilik hududlarda kunduzgi harorat +35…+40, janubda esa +43…+44 darajagacha yetadi. Tog‘li hududlarda momaqaldiroq va sel kelishi ehtimoli mavjud. Ayrim joylarda shamol tezligi 20–22 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

1680

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→