Nyu-York kino akademiyasi Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochadi

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi dunyoga mashhur Nyu-York kino akademiyasining (NYFA) Oʻzbekistondagi rasmiy vakili etib tayinlandi. Ikki tashkilot oʻrtasida tegishli anglashuv memorandumi imzolandi.
Nyu-York kino akademiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Maykl Yang, oʻquv ishlari boʻyicha vitse-prezident Sonni Kalderon, shuningdek, Akademiyaning Los-Anjelesdagi filialining strategik masalalar boʻyicha bosh direktori Den Makler ishtirokida hamkorlik boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Ushbu kelishuv dunyoning yetakchi kino maktablaridan birida ta’lim olishni xohlovchi oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun qabul jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi. Endi NYFAda oʻqish istagida boʻlganlar Toshkentdan chiqmasdan hujjat topshirish va qabul jarayonining muayyan bosqichlaridan oʻtishlari mumkin boʻladi.
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi orqali Oʻzbekistonda NYFA vakolatxonasi ochilishi mamlakatda kinematografiya, televideniye va ommaviy axborot vositalari sohasida kasbiy ta’lim olishga intilayotgan iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
