O‘zbekistonda korrupsiya uchun sudlanganlar elektron reyestri yaratiladi

O‘zbekiston Prezidenti 22-iyun kuni korrupsiya jinoyatlari uchun sudlangan shaxslarning elektron reyestrini yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Uni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va IIV hamkorlikda yuritadi.
IIV sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan so‘ng uch ish kuni ichida ma’lumotlarni reyestrga kiritishi shart. Ma’lumotlar sudlanganlik muddati davomida reyestrda saqlanadi.
Reyestrga kiritilgan shaxslar quyidagilarga ega bo‘lmaydi:
- davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlarini olish
- saylanadigan va tayinlanadigan lavozimlarga nomzod bo‘lish
- davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarida ishtirok etish
- davlat xaridlari va DXSh loyihalarida ishtirok etish — agar kompaniyada ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lsa
- davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda va davlat ta’lim muassasalarida rahbar lavozimlarni egallash
Reyestr joriy etilishi zarurligini statistika ham tasdiqlaydi: 2023-yilda korrupsiya uchun avval sudlangan 566 nafar shaxs yana davlat xizmatiga qabul qilinib, yana shu turdagi jinoyatlarni sodir etgan.
Reyestr yaratish g‘oyasi ilk bor 2021-yilgi prezident farmonida belgilangan edi. Qonun loyihasi 2022-yildan ishlab chiqilib, faqat 2026-yilga kelib barcha kelishuvlardan o‘tdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
