Qirgʻizistonda prezidentlik saylovlari yakshanbadan chorshanbaga koʻchirilishi mumkin

Qirg‘iziston parlamenti — Jogorku Kenesh 24 iyun kuni prezident saylovi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunga o‘zgartishlarni uch o‘qishda qabul qildi.
Parlament spikeri Marlen Mamataliyev saylov kunining ko‘chirilishi saylovchilar faolligini oshirishga qaratilganini aytdi: endi ovoz berish yakshanba emas, yanvar oyining oxirgi chorshanbasida o‘tkaziladi. Tashabbus prezident Sadir Japarov tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, unda navbatdagi saylov sanasiga aniqlik kiritiladi. Sadir Japarov 2021-yil 28-yanvarda 6 yil muddatga prezident etib saylangan.
Shu tariqa, saylov sanasi 2027-yil 31-yanvardan 27-yanvarga ko‘chiriladi. Qonun prezident imzolaganidan so‘ng kuchga kiradi.
Qirg‘izistonda parlament saylovlari ham 2026-yil noyabrdan ertaroq muddatga ko‘chirildi. Bu saylov tizimiga ortiqcha yuk tushishini oldini olishga qaratilgan, chunki ikki yirik saylov kampaniyasi ketma-ket o‘tishi kerak edi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Tinchtyk Shaynarazovning ta’kidlashicha, parlament va prezident saylovlarini ketma-ket o‘tkazish targ‘ibot kampaniyalari uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
