Oʻzbekistonda Xalqaro Maqom akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namanganda o‘tayotgan III Xalqaro maqom san’ati forumida muhim tashabbus bilan chiqdi. U Yangi Toshkentda barpo etilayotgan Maqom markaziga “Jahon maqom markazi” nomini berish va uning huzurida Xalqaro maqom akademiyasini tashkil etishni taklif qildi.
Akademiya maqom san’atini o‘rganish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan yirik ilmiy-tadqiqot markaziga aylanishi rejalashtirilmoqda. Bu yerda o‘zbek maqom maktablari bilan bir qatorda arab, turk, fors, tojik, hind va boshqa sharq mumtoz musiqasi yo‘nalishlari ham o‘qitiladi.
Yoshlar uchun “ustoz-shogird” an’anasi asosida maxsus ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek grantlar ajratish ko‘zda tutilgan. Markaz huzurida xalqaro raqamli kutubxona va laboratoriya tashkil etilib, unda noyob qo‘lyozmalar, ovoz yozuvlari va nota arxivlari jamlanadi.
Forum doirasida maqom san’atini rivojlantirishga qaratilgan yana bir qator tashabbuslar ham ilgari surildi. Jumladan, Jahon maqom antologiyasini yaratish, maqom san’atini qo‘llab-quvvatlash xalqaro jamg‘armasini tashkil etish va Xalqaro maqom mukofotini ta’sis etish taklif qilindi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
