Oʻzbekistonda texnik koʻrikdan oʻtmagan va hujjatsiz avtomobillarga yoqilgʻi quyish taqiqlandi

22-iyun kuni Vazirlar Mahkamasi avtomobil yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shoxobchalarida xavfsizlik talablarini kuchaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Tekshiruvlar natijasida mamlakat bo‘ylab qariyb 6,2 mingta shoxobchada 47 mingga yaqin qoidabuzarlik aniqlangan:
- 25 341 — sanoat va texnik xavfsizlik bo‘yicha
- 7 949 — yong‘in xavfsizligi bo‘yicha
- 7 875 — texnologik jarayonlar bo‘yicha
- 3 354 — texnik tartibga solish sohasida
- 2 218 — qurilish sohasida
Eng qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangan 464 ta shoxobcha vaqtincha yopildi. 1 sentyabrgacha xavfsizlik talablariga javob bermaydigan obyektlar ro‘yxati shakllantiriladi va ularni xavfsiz joylarga ko‘chirish rejalashtirilgan. Suyultirilgan gaz uchun yer usti rezervuarlari bosqichma-bosqich yerosti yoki ikki devorli tizimlarga almashtiriladi.
Haydovchilar uchun ham yangi cheklovlar joriy etiladi: agar avtomobil tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasa, texnik ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lsa yoki gaz balloni muddati o‘tgan bo‘lsa — gaz quyish taqiqlanadi. Ma’lumotlar U-Gas va Eco-Himoya tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Ushbu tizimlar ham 1 sentyabrgacha to‘liq joriy etiladi.
Qaror amalda yangi gaz quyish shoxobchalarini ochishga norasmiy cheklovni ham mustahkamladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
