Shavkat Mirziyoyev Namangan aeroportida yangi terminal qurilishini ko‘zdan kechirdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga amaliy tashrifi chogʻida Namangan xalqaro aeroportida yangi yoʻlovchi terminali qurilishining borishini koʻzdan kechirdi.
Loyihaga 175 million dollarlik investitsiyalar jalb etildi. Uch qavatli, 22,6 ming kvadrat metr maydonga ega terminal soatiga 1,2 mingdan ortiq yoʻlovchiga va yiliga 3 milliongacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi. 2026-yilning oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Terminalda chegara va bojxona nazorati punktlari, viza xizmati, biznes-zal, Duty Free zonasi, tibbiyot markazi, doʻkon va kafelar joylashadi. 550 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
2027-yil oxirigacha kuniga 50 tonna yuk tashish terminalini ham ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu Fargʻona vodiysi uchun yagona yuk tashish tizimini shakllantirish va dunyoning 90 davlatiga eksportni kengaytirish imkonini beradi.

Namangan aeroporti 1971-yilda foydalanishga topshirilgan va 2013-yilda xalqaro maqomga ega boʻlgan. Bugungi kunda u orqali toʻqqizta aviakompaniya muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda. Prezidentimiz aeroport infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha qator vazifalarni belgilab berdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
